ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozim vazifalari:
- Boshqarmaning barcha turdagi faoliyatiga rahbarlik qiladi, boshqarma xodimlarining ish faoliyatini tashkil etadi va uni nazorat qiladi;
- Boshqarmaning joriy va istiqboldagi rejalarini ishlab chiqadi va boshqarma xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
- Boshqarmaning yil davomida olib borgan faoliyati natijasi bо‘yicha hisobotni tayyorlaydi;
- Boshqarmaning ish rejasi, yо‘riqnomasi, nizomi, meyoriy hujjatlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
- Boshqarma faoliyatini filial bо‘limlari faoliyati bilan muvofiqlashtiradi;
- Boshqa tashkilot va korxonalarga yuboriladigan hujjatlarni о‘z huquq va vakolati doirasida tayyorlaydi hamda rahbariyatga taqdim etadi;
- Boshqarma xodimlari tarkibini malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlar tomonidan amaldagi qonunchilik talablarini bevosita bajarilishi, ularni ijtimoiy himoya qilish bо‘yicha amaliy ishlar qilishi, faollik kо‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish masalalarini bо‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiradi;
- Boshqarma xodimlarining mehnat faoliyati uchun zarur bо‘lgan shart-sharoitlarni yaratishi, xodimlar tomonidan mehnat intizomiga qat’iy rioya qilinishi hamda qо‘l ostidagi xodimlarning ijodiy tashabbuskorlik va faollikni rivojlantirish bо‘yicha ishlar olib boradi;
- Moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, mehnat samaradorligini oshirish, shuningdek topshirilgan vazifaga nisbatan har bir xodimning va jamoaning mas’uliyatini oshirishga oid masalalarni hal etishni ta’minlaydi;
- Boshqarma vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat, jamoat tashkilotlari va muassasalari tadbirlarida rahbariyat ruxsati bilan ishtirok etadi;
- Xodimlar tomonidan ichki tartib qoidalarga amal qilinishini, ish faoliyati davomida foydalanish uchun berilgan moddiy qiymatliklardan xodimlar ehtiyotkorlik bilan unumli foydalanilayotganligi xolatini doimiy nazorat qiladi;
- Filial hududi va binolariga xodimlar hamda boshqa shaxslarning kiritilishi hamda chiqarilishi shuningdek, moddiy qiymatga ega bо‘lgan buyumlarni kiritilishi hamda chiqarilishi ustidan tо‘liq nazoratni olib boradi;
- Filial xodimlari tomonidan moddiy boyliklardan unumli, tejamkorlik va ehtiyotkorlik bilan foydalanilishini va moddiy boyliklarga nisbatan zarar keltirilishini oldini olish choralarini kо‘radi;
- Filialning yig‘ma jildlar nomenklaturasini Markaziy Davlat Arxivi bilan kelishilgan xolda muntazam ravishda ishlab chiqadi va yangilab boradi;
- Filial balansida bо‘lgan moddiy qiymatliklarni inventarizatsiya qilishda ishtirok etuvchi komissiya a’zolari ishini tashkil etadi;
- Xodimlarni moddiy javobgarlik haqidagi joriy qonunlar bilan, shuningdek unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklarni saqlash, qabul qilish, rо‘yxat asosida tarqatish, tashish bilan bog‘liq amaldagi yо‘riqnomalar, meyorlar va qoidalar bilan tanishtiradi;
- Filial balansidagi barcha moddiy qiymatliklarni yaxshi va ehtiyotkorona saqlanishiga bevosita javobgar hisoblanadi;
- Boshqarma boshlig‘i vaqtinchalik yо‘q paytida xо‘jalik mudiri uning vazifalarini bajaradi;
- Ishlar Boshqarmasi faoliyatiga oid barcha qilingan ishlar yuzasidan direktorga hisobot berib boradi.
- Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini kо‘rib chiqadi.