TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

Asosiy

/

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

Fakultet dekani:

Avazov Erkinjon Sherimmatovich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00

Telefon: +998 62 224-61-32

E-mail: avazoverkinjon@ubtuit.uz

Telekommunikasiya texnologiyalari fakulteti

 

     Telekommunikasiya texnologiyalari fakulteti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 2018-yil 3 sentabrdagi 595-sonli buyrug‘i asosida tashkil qilingan. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 2020-yil 2 sentabrdagi 78n-sonli buyrug‘i asosida Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti nomi Telekommunikasiya texnologiyalari fakulteti deb o'zgartirilgan. 2018-2019 yillarda Raximboyev Xikmat Jumanazarovich Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultetining dekani lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-2020 yillarda Avezov Nodirbek Egamberganovich fakultet dekani lavozimida faoliyat olib borgan. 2020 yildan buyon Avazov Erkinjon Sherimmatovich fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda. Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari lavozimida 2018-2020 yillarda Avazov Erkinjon Sherimmatovich faoliyat olib borgan, 2020 yildan hozirgi davrgacha Axmedov G'ulomjon Jumanazarovich faoliyat yuritmoqda. O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari lavozimida 2018-2019 yillarda Matyokubov О‘tkir Karimovich faoliyat yuritgan va 2019 yildan hozirgi vaqtgacha o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari lavozimida Xusinov Xamid Xudayberganovich faoliyat yuritmoqda. Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti mutaxassislar tayyorlashni (ta'lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha) ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi. Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish intergatsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik soha korxonalari (O‘zbektelekom AK Xorazm filiali, Telekommunikatsiya transport tarmoqlari 9-son bog‘lamasi, O‘zbektelekom AK O‘zMobayl Xorazm filiali, UzNET) qoshida fakultet kafedralarining filiallari ochilgan. Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialining o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi hisoblanib, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borishni ta’minlash, shuningdek fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Fakultet optik-tolali, sun'iy yo'ldoshli, radioreleli va kabelli aloqa tarmoqlar bo'yicha ishlovchi ma'lumotlar uzatish, raqamli va analog telekommunikatsiya tizimlarini loyihalashtirish, qurish hamda foydalanish uchun mutaxassislarni tayyorlaydi. Fakultetda 

     5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) va 

     5330600 – Dasturiy injiniring yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura hamda 

     5A335101 Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi..

FAKULTET MA`MURIYATI

Photo of Avazov Erkinjon Sherimmatovich

Telekommunikasiya texnologiyalari fakulteti dekani

Avazov Erkinjon Sherimmatovich

Photo of Sardorbek Davletboyev

O’quv ishlari bo’yicha dekan o'rinbosari:

Sardorbek Davletboyev

Photo of Otamuratov Hurmatbek Qutlimuratovich

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosari:

Otamuratov Hurmatbek Qutlimuratovich

Photo of Masharipov Dilmurod Atanazarovich

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutor

Masharipov Dilmurod Atanazarovich

Photo of Dusmetova Tamara Nikalayevna

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutor

Dusmetova Tamara Nikalayevna

Photo of Yoqubova Nigora Xusainovna

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutor

Yoqubova Nigora Xusainovna