O`QUV ISHLAR BO`YICHA DIREKTOR O`RINBOSARI

Xalmuratov Omonboy Utamuratovich

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (Dushanba va shanbadan tashqari)

Telefon: (+99862) 224-61-45

E-mail: omonboy.khalmuratov@ubtuit.uz

    O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish; 

    Davlat ta’lim standartlari asosida o’quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy - tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash; 

    Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo’limlar, kafedra mudirlari va pedagog o’qituvchilarning to’liq bilishini ta’minlash; 

    Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko’rsatmalarini, o’quv - tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo’yicha Filial kengashi qarorlari va direktor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

    Ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash; 

     O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; 

    Faoliyat yo’nalish bo’yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish; 

    O’quv jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish; 

    Bo’limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; 

    O’tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o’qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

    O’quv va ilmiy konferentsiyalarni tashkil etish, Filial uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish; 

    O’quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to’plamlarini filial xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni xamda filialning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to’ldirib turish bo’yicha umumiy rahbarlikni olib borish; 

    Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish, talabalar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish; 

    Professor-o’qituvchilar va o’quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo’yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo’limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish; 

    Bo’sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo’yicha takliflar tayyorlash, professor-o’qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish; 

    O’quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish; 

    Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko’rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo’yicha takliflar tayyorlash;

    Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo’yicha takliflar tayyorlash; 

    Kafedralar, fakultet va bo’limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o’tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish; 

    Oliy ta’lim muassasalari bilan o’quv-uslubiy yo’nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferentsiya, seminarlarda professor- o’qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy xokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash; 

    O’rnatilgan tartibda Filialning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish; 

    Filialni o’rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o’tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o’tkazishda faol ishtirok etish. Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi va ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qiladi.

    Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha qabul qilingan hujjatlarni universitet jamoasiga o’z vaqtida etkazish va ularda belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash. Davlat ta’lim standartlari asosida ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash; 

     Ma’naviy tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; 

    Ma’naviy tarbiya jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, ma’naviy-tarbiya ishlari bo’yicha dekan muovinlari ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish; 

    Bo’limlar, fakultet va kafedralar ma’naviy-ma’rifiy ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; 

    Ma’naviy-tarbiyaviy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to’plamlarini universitet xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to’ldirib turish bo’yicha umumiy rahbarlikni olib borish;