KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

Asosiy

/

KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

Fakultet dekani:

Raximboyev Xikmat Jumanazarovich

Qabul vaqti: Kompyuter injiniringi fakulteti

Telefon: +998 62 224-61-28

E-mail: xikmat.raximboyev@ubtuit.uz

KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

 

     Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali 2005 yilda tashkil etilgan bo’lib, Axborot texnologiyalari fakulteti nomi bilan yuritilgan. 2005-yilda M.Sharipov Axborot texnologiyalari fakultetining dekani etib tayinlangan. 2006-2007 yillarda E.Koshchanov Axborot texnologiyalari fakultetining dekani lavozimida faoliyat yuritgan. Fakultetning dastlabki yillari “Informatika va AT (sohalar bo’yicha)” hamda “Kasbiy ta’lim yo’nalishlari” bo’yicha talabalar qabul qilingan. Fakultetda “Informatika va AT”, “Tabiiy va umumkasbiy fanlar”, “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedralari mavjud bo’lgan. “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasidan “Informatika va matematika” kafedrasi ajralib chiqqan. 2007-2008 yillarda Sh.Sadullayeva “Axborot texnologiyalari” fakultetining dekani etib tayinlangan. 2008-2010 yillarda fakultet dekani sifatida K.Yaqubov faoliyat yuritgan. 2010-2015 yillar mobaynida Yu.Saidov fakultet dekani lavozimida ishlagan. 2010 yilda o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida D.Quryazov, dispetcher va kotiba lavozimida M.Rajapova faoliyat yuritgan. 2011-2013 yillarda o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida S.Jafarov va “Ma’naviyat ishlari bo’yicha” dekan muovini lavozimida M.Matnazarov ishlagan. “Axborot texnologiyalari” fakulteti nomi 2013 yilda “Kompyuter injiniringi” deb o’zgartirildi. 2013 yilda “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasidan “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi ajralib chiqdi. “Informatika va matematika” kafedrasining nomi esa, “Axborot ta’lim texnologiyalari” nomiga o’zgardi. 2013 yilda “Informatika va AT” yo’nalishi “Kompyuter injiniringi”, “Kasbiy ta’lim” yo’nalishi “AKT soxasida kasbiy ta’lim” yo’nalishiga o’zgartirildi va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo’nalishi ochildi. 2013-2015 yillarda o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida X.Otamuratov va 2013-2016 yillarda “Ma’naviyat ishlari bo’yicha” dekan muovini lavozimida K.Bobojonov faoliyat yuritgan. 2014 yilda fakultetda “Dasturiy injiniring” yo’nalishi bo’yicha talabalar qabul qilindi. 2015 yil Kompyuter injiniringi fakultetida “Dasturiy injiniringi” kafedrasi tashkil qilindi. O.Allamov 2015-2016 yillarda Kompyuter injiniringi dekani va O.Xalmuratov o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida ishlagan. 2016 yil Kompyuter injiniringi fakultetida Axborot xavfsizligi yo’nalishi ochildi. 2016-2017 yillarda fakultet dekani lavozimida U.Aminov va 2016-2018 yillarda o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida X.Adinaev va 2016-2018 yillarda “Ma’naviyat ishlari bo’yicha” dekan muovini lavozimida E.Avezov faoliyat yuritgan. 2017 yilda Kompyuter injiniringi fakultteti dekani etib O.Allaberganov tayinlandi. 2018 yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali ikkita fakultetga “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakultetlariga ajratildi. Fakultetda 

     5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”), 

     5330300 – Axborot xavfsizlig (“sohalar bo’yicha”) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura va 

     5A33501 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”)” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.

FAKULTET MA`MURIYATI

Photo of Raximboyev Xikmat Jumanazarovich

Kompyuter injiniringi fakulteti dekani

Raximboyev Xikmat Jumanazarovich

Photo of Aliyev Oybek Azadovich

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari:

Aliyev Oybek Azadovich

Photo of Avezov Nodirbek Egambergonovich

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari:

Avezov Nodirbek Egambergonovich

Photo of Kazakov Otabek

Kompyuter injiniringi fakulteti tyutor:

Kazakov Otabek

Photo of Otajanova Sayyora Yusupboyevna

Kompyuter injiniringi fakulteti tyutor:

Otajanova Sayyora Yusupboyevna