YURIDIK XIZMATI BO`LIMI

Asosiy

/

YURIDIK XIZMATI BO`LIMI

:

Eshchanov Botir Kamilovich

Qabul vaqti: Seshanba-Juma (15.00-17.00)

Telefon: (+998 62) 224-61-37

E-mail: eshchanov_botir@ubtuit.uz

Yuriskonsult quyidagi huquqlarga ega:


 

     Filialga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish; 
filial, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning mansabdor shaxslaridan yuridik xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni olish; 
     Rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yigʻilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish; 
     Rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga jalb qilish; 
     Qonunchilikka zid boʻlgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, oʻz eʼtirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish; 
     Filial tizimiga kiradigan tuzilmalarda davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini oʻrganish; 
filialning, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning qonun hujjatlari bajarilishini taʼminlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish; 
     Filialda, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda yoki davlat organi va tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish; 
     Talabnoma-davo tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq eng kam oylik ish haqining 50 barobardan koʻp boʻlmagan miqdorda mukofot olish.