BUXGALTERIYA

Asosiy

/

BUXGALTERIYA

Markaz boshlig'i:

Dushamov Mahmud Maqsudbekovich

Qabul vaqti: Dushanba – Juma(9:00-16:30 gacha)

Telefon: +998 97 360-18-24

E-mail: maxmudjon_24@ubtuit.uz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali buxgalteriya bo’limi faoliyati haqida

Universitet buxgalteriyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Buxgalteriya, tashqi va ichki foydalanuvchilarga universitetning molyaviy-xo‘jalik faoliyati va moliyaviy ahvoli to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni yetkazish uchun universitet buxgalteriya hisobini tashkil etadi va yuritadi;
  • Universitet faoliyatinining moliyaviy ahvoli va natijalarini baholash, tahlil qilish, loyihalash va nazorat qilish uchun o‘z vaqtida ma’lumotlarni olish imkoniyatini beruvchi, universitet faoliyatining xo‘jalik yuritish shartlari, strukturasi, tarmoqqa taalluqlilik darajasi xususiyatlaridan va boshqa turdagi imkoniyatlaridan kelib chiqib buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda hisobga olish siyosatini shakllantiradi.
  • Buxgalteriya ichki hisobotlari shakllarini, xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladigan birlamchi hisob xujjatlari shakllarini, statistik va analitik hisoblardan iborat buxgalteriya hisobi ish rejasini tayyorlaydi va tasdiqlatadi;
  • Inventarizatsiya o‘tkazish va mulkni baholash tartibini, mulkning mavjudligi, uning holati va bahosi to‘g‘risidagi hujjatlarni yuritishni ta’minlaydi;
  • Hujjat aylanish tartibiga rioya etgan holda xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishning to‘g‘riligini ichki nazorat qilish tizimini tashkil etadi;
  • Tashqi va ichki foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan buxgalteriya ma’lumotlarini taqdim etishni ta’minlovchi, buxgalteriya, soliq, statistik va boshqaruv hisobi talablariga mos keluvchi buxgalteriya hisobi va hisobotlari axborot tizimini shakllantiradi;
  • Zamonaviy axborot texnologiyalarini, hisobga olish va nazorat qilishning progressiv shakllari va usullarini qo‘llagan holda buxgalteriya hisobi reyestrlarini yuritish bo‘yicha ishlarni olib boradi;
  • Universitet faoliyatining moliyaviy natijalari, moliyaviy, hisob va kredit operatsiyalari, moliyaviy mablag‘lari, material-ishlab chiqarish zaxiralari, asosiy vositalar, majburiyatlar va mulkni hisobini yuritish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
  • Daromadlarni (foydani) taqsimlash yo’nalishlarini aniqlash, faoliyat rentabelligini oshirish, tizim aktvlarini saqlanishi, maqsadli va tejab ishlatilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to’g’ri sarflanishini nazorat qilish;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larni tasdiqlangan harajatlar smetalari asosida harajatlar moddalari bo’yicha sarflanishini nazorat qilish;

Buxgalteriya quyidagilarni ta’minlaydi:

  • Buxgalteriya hisob raqamlarida xo‘jalik operatsiyalarini, vositalar harakatini, daromad va harajatlarni shakllantirishni va majburiyatlarni bajarishni aniq va o‘z vaqtida aks ettirish;
  • Soliqlar va yig‘imlarni respublika, mintaqaviy va mahalliy byudjetlarga, sug‘urta badallarini davlat byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlarga, to‘lovlarni kredit tashkilotlariga, mablag‘larni moliyalashtirish obyektlariga, mablag‘larni ssudalar bo‘yicha qarzdorlikni yopish uchun o‘z vaqtida o‘tkazib berish;
  • Tashkilot tomonidan mehnat uchun haq to‘lash fondining sarflanishini va ishchilarga haq to‘lash hisoblarining to‘g‘riligini, inventarizatsiya o‘tkazishni, buxgalteriya hisobi va hisobotlar yuritish tartibini hamda qonuniy taftishlar o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • Universitetning moliyaviy faoliyati natijalarini yaxshilashga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish, moliyaviy yo‘qotishlarni va ishlab chiqarishga qaratilmagan harajatlarni yo‘q qilish;
  • Moliyaviy va g‘azna tartib qoidalariga rioya etishni ta’minlash, yetishmovchiliklarning, debitorlik qarzdorliklarning va boshqa yo‘qotishlarning buxgalteriya hisobi hisobotlaridan chiqarishni qonuniyligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borish;
  • Qonun va qonun osti hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va soliq hisobotlarini tuzish va tegishli organlarga taqdim etish;
  • Moliyaviy aktivlar hamda majburiyatlarini inventarizatsiya qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish hamda inventarizatsiya natijalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish;