UNIVERSITET YANGILIKLAR

Xalqaro ilmiy-texnik anjuman doirasida hamkorlik

">30-iyun kuni Chemal (Rossiya, Oltoy Respublikasi) shahrida joylashgan Areda mehmonhonasida EDM-2024 xalqaro ilmiy-texnik anjuman doirasida filialimiz ITIvIPKT bo’limi boshlig’i D.Mengliyev va ‘Группа компаний НАУЧНОЕ ОБОРУДОВАНИЕ’ O’lchash qurilmalari bo’limi boshlig’i hamkorlik o’rnatish boyicha muhokamalar olib borishdi.

Filialimiz professor-o’qituvchilari ‘Группа компаний НАУЧНОЕ ОБОРУДОВАНИЕ’ tashkilotida metrologiya sohasida malaka oshirish va ilmiy ish qilish masalalari muhokama qilindi. Undan tashqari, ushbu tashkilot taqdim qiliyotgan qurilmalarni lizing yoki muddatli to’lovlar orqali sotib olish masalalari ham muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, ‘Группа компаний НАУЧНОЕ ОБОРУДОВАНИЕ’ Rossiyaning metrologiya qurilmalarini ta’minlab beradigan eng yetakchi tashkilotlardan biri bolib, Rossiya Texnoparki rezidenti hisoblanadi.

">