UNIVERSITET YANGILIKLAR

Hindistonning Indian Institute of Technology Delhi universitetiga tashrif

"> Ayni vaqtda, Xorazm delegatsiyasi tarkibida TATU Urganch filiali direktori Sh.Ismoilov va Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i I.Azadovlar Hindistonning Indian Institute of Technology Delhi universitetiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv mobaynida TATU Urganch filiali direktori Shukurulloh Ismoilov  filial haqida taqdimot qildi hamda Hindiston davlatining IT sohasidagi tajribasini O’zbekiston oliy ta’lim muassasalariga tadbiq etishda xususan TATU Urganch filiali bilan ustuvor masalalar muhokama qilindi. 
Shuningdek, TATU Urganch filiali va Indian Institute of Technology Delhi universiteti o'rtasida talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvini yo'lga qo'yish hamda qo'shma dasturlar ochish bo'yicha kelishuv bitimi imzolandi.