UNIVERSITET YANGILIKLAR

TATU Urganch filialida "Bitiruvchi- 2024" tadbiri


Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida “Bitiruvchi 2024 “ filial bakalavr va magistratura bitiruvchilariga diplom berish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbir ko’tarinki ruhda boshlanib, unda filialimiz direktori Shukurulloh Ismoilov Habibullo o'g'li so’zga chiqib kelejak egalari bo’lmish yosh kadrlarni, yangi maqsadlar  yo’lida ulkan marralar uchun qadam qo’yayotgan bitiruvchilarni tabrikladilar. Tadbirda bitiruvchilarning ota-onalari va filialimiz bitiruvchi talabalar so’zga chiqib, qatnashuvchilarga katta hayotda omad va zafarlar tiladilar. 
Tadbir so’ngida o’z iqtidori va bilim salohiyati bilan har javhada faol talabalarga “Faxriy yorliq” va ularning ota-onalariga “Tashakkurnoma” lar topshirildi. Tadbir ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.

 


 


 

Rasmlar shu yerda (https://t.me/tatuuf_bitiruvchi2024)