UNIVERSITET YANGILIKLAR

Xorazm delegatsiyasi vakillari Hindistonda

Ayni vaqtda, Xorazm delegatsiyasi vakillari hamda Hindiston Oliy ta’lim vazirligi sekretari Sanjay Murthy o’rtasida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tmoqda
Delegatsiya tarkibida TATU Urganch filiali direktori Sh.Ismoilov va Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i I.Azadovlar ham uchrashuvda ishtirok etishdi.
Uchrashuv mobaynida Hindiston davlati hamda O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan  ikki davlat oliy ta’lim muassalari o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish haqida so’z bordi.
Hindiston davlatining IT sohasidagi tajribasini O’zbekiston oliy ta’lim muassasalariga tadbiq etish, TATU Urganch filiali hamda yangi qurilishi rejalashtirilgan IT universitetlarida joriy qilish masalalari uchrashuvning asosiy mavzularidan biri bo’ldi.