UNIVERSITET YANGILIKLAR

Hindistonning Indian Institute of Technology Madras universiteti tashrif


TATU Urganch filiali direktori Sh.Ismoilov va Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i I.Azadovlar Hindistonda xizmat safaridalar. Bugun Hindistonning Indian Institute of Technology Madras universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida universitet ilmiy salohiyati, pedagogik faoliyati bilan tanishildi. Shundan keyin professor-o'qituvchilar almashinuvi hamda qo'shma dasturlar bo'yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Muhokamalar davomida hamkorlik aloqalarini yanada ko'proq sohalarda amalga oshirish bo'yicha kelishib olindi.
Ma'lumot o'rnida Indian Institute of Technology Madras universiteti QS reytingda 228-o'rinda turadi.
Hindistonga safar davom qilmoqda. Batafsil keyingi postlarda...