UNIVERSITET YANGILIKLAR

National Institute of Technical Teachers’ Training and Research (NITTTR) Bhopal institutiga tashrif

Xabaringiz bor, TATU Urganch filiali direktori Sh.Ismoilov va Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i I.Azadovlar Hindistonga xizmat safari haqida oldingi postlarda xabar bergan edik. 
Safar davomida National Institute of Technical Teachers’ Training and Research (NITTTR) Bhopal institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida professor-o'qituvchilarni malaka oshirishga yuborish, tadqiqotchilarni o’z ilmiy ishlari ustida ishlash uchun qisqa va uzoq muddatli stajirovkalara yuborish, qo'shma loyihalar ustida birgalikda ishlash hamda boshqa sohalarda doimiy hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Ma'lumot o'rnida, National Institute of Technical Teachers’ Training and Research (NITTTR) Bhopal instituti Hindistonning nufuzli institutlaridan biri bo'lib yiliga 25ming dan ortiq tadqiqotchilar malaka oshiradi.

">