UNIVERSITET YANGILIKLAR

Xorazm viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari ishtirokida kengaytirilgan yig'ilish

Bugun Xorazm viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarning tashkil etilishidagi amalga oshirilgan ishlar, rejalashtirilgan maqsad va vazifalar yuzasidan Urganch davlat universitetida kengaytirilgan yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishda Xorazm viloyatidagi davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari o’tgan o’quv yili mobaynida talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar to’g’risida hisobot, kelgusi o'quv yili oldidan qo'yilgan maqsad va vazifalar haqida ma’lumotlar berishdi.
Yig'ilishda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi o'rinbosari O'tkir Matyokubov ham, filialda ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni tashkil qilishda olib borilayotgan ishlar to'g'risida o'z taqdimoti bilan ishtirok qildi.