UNIVERSITET YANGILIKLAR

TATU Urganch Filialida “Robotech Urganch-2024” Tanlovi

Xorazm viloyati Urganch shahridagi maktab o‘quvchilari uchun TATU Urganch filialida “Robotech Urganch-2024” bo’lib o’tdi. Tanlovni TATU Urganch filiali direktori Shukurulloh Ismoilov ochib berdi. Tanlovda Urganch shahrining barcha maktablaridan 18 yoshdan oshmagan 53 nafar o’quvchilar ishtirok qildi. O’quvchilar quyidagi tanlov yo‘nalishlarida bellashdilar. 1. ROBO-SUMO 20x20 2. ESTAFETA 3 Eng yaxshi innovatsion robot. Ushbu tanlov umumta’lim maktab o’quvchilarini texnologik yangiliklarga qiziqishini oshirish va ularda innovatsion fikrlash qobilyatini rivojlantirishga, yoshlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini nomoyon qilishga hamda mazkur sohadagi istiqbolli dastlabki loyihalarni bosqichma bosqich aniqlashga ularni qo’llab quvvatlashga xizmat qiladi. Tanlov g‘oliblari diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar.