UNIVERSITET YANGILIKLAR

Turkiya xizmat safari

 

 

 

Ayni paytda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori Shukurulloh Ismoilov Xorazm viloyati hokimligi delegatsiyasi tarkibida Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo'lib turibdilar.

Delegatsiya a'zolari Istanbul Gelishim universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida TATU Urganch filiali direktori Shukurulloh Ismoilov Gelishim universiteti rektori, professor Bahri Shahin bilan uchrashib, ikki universitet o'rtasida talabalar almashinuvi, professor-o'qituvchilar uchun stajirovka dasturlari shuningdek, hamkorlik asosida qo'shma dasturlar ochish bo'yicha kelishuv shartnomasi imzolandi.