UNIVERSITET YANGILIKLAR

Hindiston universiteti bilan online uchrashuv

#ubtuit #hamkorlik

 

Hindistonning nufuzli Jawaharlal Nehru universiteti vakillari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali rahbariyati o’rtasida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv mobaynida universitetlar o’rtasida professor-o’qituvchilar ilmiy stajirovkalarga yuborish, talabalar akademik mobilligini amalga oshirish, xalqaro darajada hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot loyihalar bo’yicha ishlash hamda qo’shma fakultet ochish kabi ustuvor masalalar muhokama qilindi va memorandum imzolashga kelishib olindi.