Rossiya Ilm-fan akademiyasi akademigi tashrifi
2024-yil 5-iyul kuni TATU Urganch filialiga Rossiya Ilm-fan akademiyasi akademigi Netyosov Sergey Viktorovich tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad Erasmus + dasturining «I2-PLEDGE» loyihasi doirasida «Biotibbiyot injiniringi» sohasi bo'yicha ochilayotgan yangi ta'lim yo'nalishida akademik bilan o'zaro hamkorlik ishlarini amalga oshirish hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: Mazkur akademik COVID-19 davrida koronavirusga qarshi EpiVakKorona vaksinasini yaratgan olim hisoblanadi.
">